Joriy yilning 22-iyul kuni Viloyat statistika boshqarmasida tizim xodimlari o‘rtasida, “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida "Mehnat huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarda xodimlaming o‘z huquq va manfaatlaridan to‘liq foydalanishi hamda o‘z majburiyatlar to‘g‘risida" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i B.Batirov, boshqarma va tuman shahar bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i B.Batirov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni Kadrlar bo‘limi boshlig‘i F.Keldibekovga berdi.
F.Keldibekov, Mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari ta’minlanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Har yili bandlik dasturi doirasida yuzlab yangi ish o‘rni yaratilib, yurtdoshlarimizning munosib sharoitlarda samarali mehnat qilishi uchun keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi mohiyati haqida so‘zladi.
Mehnat qonunda ishchi-xodimlar manfaatlarini ko‘zlab, kasaba uyushmalari o‘z a’zolarining mehnat huquqini himoya qilishi, ish bilan ta’minlash borasidagi davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etishi hamda tashkilotlarda ishdan bo‘shatiladigan xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlari asosida jamoa shartnomasida belgilanadigan chora-tadbirlarini taklif etishi belgilab berilgan.
Bundan tashqari, mehnat huquqiy texnologik jarayonlami emas, balki birgalikda mehnat qilish chog‘ida insonlar o‘rtasida, xodimlar bilan ish beruvchi o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlami tartibga soladi, bu munosabat qatnashchilari huquqlari, majburiyatlari, javobgarliklarini belgilab qo‘yish yo‘li bilan ulaming xatti-harakatlarini huquqiy me’yorlaydi. Shunga ko‘ra ijtimoiy koorperatsiyalanmagan holdagi mehnat bilan shug‘ullanuvchi va boshqalar mehnati mehnat huquqining predmeti bo‘lib hisoblanmaydi deya so`zini yakunladi.
Shuningdek, tadbirda tuman-shahar statistika bo‘limi xodimlari xam qatnashib mavzuga oid savollar berishdi.
Tadbir davomida tizim xodimlari tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev va F.Keldibekov javob berishdi.