Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Toshkent metropoliteni qatnov yoʻllarining umumiy uzunligi 59,1 kilometrni tashkil etib (ikki yoqlama hisobdagi foydalanish uzunligi), oʻtgan yilga nisbatan ushbu koʻrsatkich 63,7 foizga oshgan (2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 36,1 kilometr).
Maʼlumot uchun: Toshkent metropoliteni tashkil topishi boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, Sobiq ittifoq davlatlari orasida 7 oʻrinda turadi. Foydalanishdagi qatnov yoʻllarining uzunligi boʻyicha dunyoda 68 oʻrinni band etgan.