Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish bo'limi xodimlari tomonidan, tuman va shahar Ro'yxatga olish bo'limi boshlig'i va o'rinbosarlariga, Registratorlarning olib boradigan ishlari xususida tushunchalar berib o'tildi va Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari tomonidan xizmat guvohnomalari topshirildi.