Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jami 2 931 dona chiqindi tashuvchi (maxsustrans) avtomobillar mamlakatimiz tozaligini taʼminlashda xizmat qilmoqda. Oʻtgan yilga nisbatan ular soni 136 dona (18,5 %)ga oshgan.
Hududlar kesimida chiqindi tashuvchi (maxsustrans) avtomobillarining katta qismi Toshkent shahri (475 dona yoki jamiga nisbatan 16,2 %), Samarqand (398 dona yoki 13,6 %) Toshkent (259 dona yoki 8,8 %) hamda Fargʻona viloyatlarida (252 dona yoki 8,6 %) faoliyat yuritmoqda.
Maʼlumot uchun: 2021-yil davomida ushbu maxsus texnikalar tomonidan jami 56 709,7 ming kub.m qattiq maishiy chiqindilar yigʻib olingan.