16/07/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 14-iyul kuni Oqoltin tumani hokimligida MFY raislari MFYlardagi hokim yordamchilari ishtirokida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining “Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish” boʻlimi xodimlari tomonidan “Aholini roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish” boʻyicha seminar tashkil qilindi.