Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida hududlarni obodonlashtirishda 319 dona suv sepadigan avtomobillardan foydalaniladi. Oʻtgan yili ularning soni 35 dona (12,3 %)ga koʻpaygan.
Hududlar kesimida suv sepadigan avtomobillarning eng katta qismi Toshkent shahri (83 dona yoki jamiga nisbatan 26,0 %), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (29 dona yoki 9,1 %) hamda Sirdaryo viloyati (24 dona yoki 7,5 %) hududiga toʻgʻri keladi.