15/07/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida hududlarni obodonlashtirish boʻyicha jami 5 091 dona mexanizatsiya (maxsus texnika) vositalaridan foydalaniladi. Oʻtgan yilga nisbatan ularning soni 311 dona (6,5 %)ga koʻpaygan.

Hududlar kesimida mexanizatsiya vositalarining eng katta qismi Toshkent shahri (820 dona yoki jamiga nisbatan 16,1 %), Samarqand (544 dona yoki 10,7 %) hamda Toshkent viloyati (458 dona yoki 9,0 %) hududiga toʻgʻri keladi.