Tadbirda “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonun qanday talablar asosida ishlab chiqilganligi, “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonun bilan, yangi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunni farqi toʻgʻrisida, yangi Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonlariga, “Rasmiy statistika” tushunchasini kelib chiqish tarixi, “Rasmiy statistika” qaysi mezonlarga javob berishi kerakligi, haqida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek ushbu Qonunning amaliyotga keng joriy etilishi natijasida milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda isloh qilinishi, mamlakatdagi rasmiy statistik maʼlumotlarni tayyorlovchi barcha organlarning faoliyati tartibga solinishi, rasmiy statistika sohasini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ belgilanishi va uning professional mustaqilligi taʼminlanishi, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik maʼlumotlarga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishi, rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash borasidagi islohotlarning natijadorligi taʼminlananishi xodimlarga tushuntirildi.