Sirdaryo viloyatida tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra 402 tani tashkil etib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 16 taga yoki 4,1 % ga oshganligini koʻrish mumkin.
Faoliyat koʻrsatayotgan oilaviy korxonalar soni 345 tani tashkil etdi.
2022- yil yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 27 tani tashkil etdi.