Joriy yilning 14-iyun kuni Viloyat statistika boshqarmasida tizim xodimlari o‘rtasida, "Korrupsiyaga qarshi kurashish- barchamizning burchimiz" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i B.Batirov, boshqarma bosh yuriskonsulti Sh.Davlyatov, boshqarma va tuman shahar bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i B.Batirov kirish so‘zi bilan ochib, xalq tilida soddagina qilib - poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va unga qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim bo‘ladi. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. korrupsiya eng avvalo, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, mamlakatdagi mavjud qonunlarga nisbatan ishonchsizlik hamda ularni hurmat qilmaslik ruhini vujudga keltiradigan salbiy illatdir deya takidlab so‘zni boshqarma Bosh yuriskonsulti Sh.Davlyatovga berdi.
Sh.Davlyatov O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun mohiyati, uning kelib chiqishi, oqibatlari, korrupsiyada manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari xaqida so`z yurutdi.
Korrupsiya nima o‘zi? - Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Shunday ekan korrupsiyaga qarshi kurashishga xar birimiz birday masulmiz deya so`zini yakunladi.
Shuningdek, tadbirda tuman-shahar statistika bo‘limi xodimlari xam qatnashib korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligini, korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizni burchimiz ekanligini ta`kidlab o`tishdi.
Tadbir davomida tizim xodimlari tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti Sh.Davlyatov javob berib o‘tdi.