Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022- yil 1-yanvar holatiga, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli 15 800 dona avtobus va mikroavtobuslar roʻyxatga olingan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 571 donaga koʻpaygan(+11%).
Hududlar boʻyicha Toshkent viloyatida (2 238 dona), Fargʻona viloyatida (1 911 dona), Qoraqalpogʻiston Respublikasida (1 832 dona) jismoniy shaxslarga tegishli avtobus va mikroavtobuslar soni nisbatan koʻproq qayd etilgan.