06/06/2022

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli eng koʻp avtotransport vositalari soni Toshkent shahri (525 028 birlik), Samarqand (392 475 birlik) hamda Toshkent (324 154 birlik) viloyatlarida qayd etilgan.

Ushbu hududlardagi jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni respublikadagi umumiy avtomobillar sonining 38 % ini tashkil etadi.

Hududlar boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni (birlik)

Oʻzbekiston Respublikasi – 3 268 470

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 135 872

Andijon – 223 783

Buxoro – 212 757

Jizzax – 90 860

Qashqadaryo – 260 583

Navoiy – 97 439

Namangan – 218 613

Samarqand – 392 475

Surxondaryo – 183 364

Sirdaryo – 68 278

Toshkent v. – 324 154

Fargona – 325 009

Xorazm – 210 255

Toshkent sh. – 525 028