Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 26,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 116 639 dona muzlatgich import qilingan.
Muzlatgich importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8390 donaga oshgan.
O‘zbekiston 22 ta davlatdan muzlatgich import qilgan.
O‘zbekiston 4 oy mobaynida eng ko‘p muzlatgich import qilgan davlatlar:
Rossiya – 66 914 dona
Xitoy – 31 339 dona
Turkiya – 5986 dona
Belarus – 5200 dona
Indoneziya – 2232 dona
Tailand – 1471 dona
Vyetnam – 1326 dona
Germaniya – 107 dona
Italiya – 105 dona