25/05/2022

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Bugungi kunda Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatimizning barcha hududlarida xonadonma-xonadon yurilib, uylarning raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

 

Shu munosabat bilan joriy yilning 25-may kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumani Mustaqillik, Mirzaobod tumani Navbahor MFY larda xonadonlarning raqamlanish holati o'rganildi.