Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikamizda jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ulardan 808,4 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
2020 yilning 1 yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga chegaradosh va ayrim MDH mamlakatlari bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:
Qozog‘iston – 89,3 ming nafar
Ukraina – 77,6 ming nafar
Turkmaniston – 63,6 ming nafar
O‘zbekiston – 53 ming nafar
Rossiya – 48,2 ming nafar
Afg‘oniston – 31,5 ming nafar
Tojikiston – 27,6 ming nafar
Belarus R. – 23 ming nafar
Qirg‘iz R. – 13 ming nafar