25/05/2022

 Sirdaryo viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov, joriy yilning 25 may kuni, 25 yil oldin o‘zi tahsil olgan Xovos tumani 7- umumiy o‘rta ta`lim maktabiga “so'nggi qo'ng'iroq” tadbiriga tashrif buyurib, maktab bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbir davomida B.Batirov, maktab o'qituvchi va o'quvchilariga, yurtimizda ta`lim sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati to'g'risida batafsil tushuncha berib o'tdi.