23/05/2022

Sirdaryo viloyat Statistika boshqarmasida joriy yilning 21-may kuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6165 sonli farmonini ijrosini ta`minlash maqsadida, Sirdaryo viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida tizim xodimlari uchun Jizzax viloyati Zomin tumani dam olish sihatgohiga ma`naviy va madaniy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida tizim xodimlari uchun Zomin tumani hududidagi tog‘larga sayr uyushtirildi.

Sayr davomida tizim xodimlari go‘zal manzara, tabiat qo‘ynida dam olib esdalik uchun suratlarga tushdilar.

Sayohat so`ngida yil davomida faoliyati namunali deb topilgan boshqarma hamda tuman, shahar tizim xodimlari, boshqarma boshlig‘i B.Batirov tomonidan qimmatbaho estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tog‘li hududga uyushtirilgan bir kunlik ushbu sayohat boshqarma tizim xodimlari uchun juda ham maroqli xordiq va esda qolarli ko‘ngil ochar kun bo‘ldi.