20/05/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish" bo'limi xodimlari tomonidan, Milliy gvardiya xodimlariga, aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida Milliy gvardiya xodimlariga aholini ro'yxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirildi.