19/05/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan “Farhod GES" UK xodimlariga, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish" bo'limi xodimlari tomonidan, “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish” bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida “Farhod GES" UK xodimlariga aholini ro'yxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirildi.