16/05/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Shu munosabat bilan joriy yilnning 16-may kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan san`at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish" bo'limi xodimlari tomonidan, “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish” bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga aholini ro'yxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirildi.