10/05/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 28,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 92,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.

Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.

2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
 Qozog‘iston – 91,2 ming tonna
 Rossiya – 1,3 ming tonna
 AQSH – 50 tonna
 Italiya – 12,4 tonna
 Fransiya – 1,8 tonna

 O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-mart oylarida Qozog‘istondan qiymati 201,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan bug‘doy import qilgan.