2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaHM dagi ulushi 57,5 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,0 birlikni tashkil qildi.
2022- yilning yanvar-martida 770 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,8 foizga ko‘p demakdir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida - 312 ta
Savdoda - 195 ta
Sanoatda - 105 ta
Qurilishda - 48 ta
Yashash va ovqatlanishda - 26 ta
Tashish va saqlashda - 17 ta tashkil etilgan.