06/05/2022

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1011,8 t. (2021– yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ga) baliq ovlandi.

Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan
85,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha ovlangan baliq hajmi, (tonna)

Mirzaobod tumani – 760,5 t.
Boyovut tumani – 80,2 t.
Guliston tumani – 55,1 t.
Xovos tumani – 48,0 t.
Oqoltin tumani – 19,4 t.
Sayxunobod tumani – 18,6 t.
Sirdaryo tumani – 15,7 t.
Sardoba tumani – 11,7 t.
Guliston shahar – 2,0 t.
Yangiyer shahar – 0,3 t.
Shirin shahar – 0,3 t.