06/05/2022

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 35,9 mln.dona tuxum (2021– yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ) ishlab chiqarildi.

Tuxum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 82,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha olingan tuxum hajmi, (ming dona)

Sardoba tumani – 8 271 dona
Mirzaobod tumani – 5 031 dona
Guliston tumani – 4 340 dona
Guliston shahar – 3 526 dona
Sayxunobod tumani – 3 300 dona
Xovos tumani – 3 215 dona
Boyovut tumani – 2 828 dona
Sirdaryo tumani – 2 558 dona
Oqoltin tumani – 2 512 dona
Shirin shahar – 183 dona
Yangiyer shahar – 157 dona