06/05/2022

Sirdaryo viloyatida 2022 – yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 54,0 ming t. sut (2021– yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Sut ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sut ishlab chiqarish umumiy hajmidan 90,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha ishlab chiqarilgan sut hajmi, (tonna)

Boyovut tumani – 9 320 t.
Sirdaryo tumani – 6 969 t.
Guliston tumani – 6 946 t.
Sayxunobod tumani – 6 642 t.
Oqoltin tumani – 5 676 t.
Xovos tumani – 5 655 t.
Mirzaobod tumani – 5 522 t.
Sardoba tumani – 5 393 t.
Guliston shahar – 1 696 t.
Shirin shahar – 113 t.
Yangiyer shahar – 99 t.