06/05/2022

2022– yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 14,6 ming t. go‘sht (2021– yilning yanvar-martiga nisbatan 104,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 93,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Sirdaryo viloyati bo‘yicha go‘sht (tirik vaznda) yetishtirish hajmi, (tonna)

Boyovut tumani – 2 509 t.
Sayxunobod tumani – 2 224 t.
Sardoba tumani – 2 168 t.
Sirdaryo tumani – 1 752 t.
Guliston tumani – 1 511 t.
Oqoltin tumani – 1 412 t.
Mirzaobod tumani – 1 322 t.
Xovos tumani – 1 082 t.
Guliston shahar – 478 t.
Yangiyer shahar – 94 t.
Shirin shahar – 88 t.