05/05/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida 68 905 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 24451 taga oshgan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Ozarbayjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona yengil avtomobillarni eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8763 taga kamaygan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 189,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan.

yengil avtomobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.

O‘zbekistonga 3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.