30/04/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan 3-sonli umumiy o‘rta ta`lim maktabi hamda Sardoba tumanida joylashgan 11-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi xodimlari tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish” bo‘yicha seminar tashkil qilindi. Seminar davomida maktab o‘qituvchi va o`quvchilariga aholini ro'yxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirildi.