30/04/2022

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 26- apreldagi 199-F sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi va tuman shahar bo‘limlari barcha xodimlari “Umumxalq xayriya xasharida” faol ishtirok etishdi.

Ushbu “Umumxalq xayriya hasharida” Viloyat statistika boshqarmasi va tuman shahar bo‘limlari binosi va uning atrofidagi hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni oqlash, begona o‘t qoldiqlari, xas-xashaklardan tozalash, bino ichidagi ish joylarining sanitariya-gigiyena ahvolini yanada yaxshilash, tozalash ishlari olib borildi.