28/04/2022

 Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston 10 ta davlatdan qiymati 38,6 mln. AQSH dollariga teng bo’lgan 223,8 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 70 ming tonnaga oshgan.

 2022 yilning dastlabki 3 oyida O’zbekiston kartoshka import qilgan davlatlar:

 Pokiston – 172,2 ming tonna

 Qozog’iston – 20,1 ming tonna

 Rossiya – 13,3 ming tonna

  Qirg’iziston  – 7,5 ming tonna

  Eron – 5,4 ming tonna

  Afg’oniston – 4 ming tonna

  Belarus – 631,6 tonna

  Niderlandiya – 595 tonna