Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O’zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 2,4 mln. AQSH dollariga teng bo’lgan 3,5 ming tonna xurmo import qilingan.
Xurmo importi hajmi o’tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 822 tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston eng ko’p xurmo import qilgan davlatlar:
Eron – 3,3 ming tonna
Turkiya – 81 tonna
Tunis – 54 tonna
Falastin – 35 tonna
Isroil – 27,5 tonna
BAA – 22 tonna
Qozog’iston – 22 tonna
Saudiya Arabistoni – 20,5 tonna