O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta`lim maktabi hamda Oqoltin tumanida joylashgan 14-sonli umumiy o‘rta ta`lim maktabi o‘qituvchi va o`quvchilariga, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi xodimlari tomonidan “Aholini ro'yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish” bo‘yicha seminar tashkil qilindi. Seminar davomida maktab o‘qituvchi va o`quvchilariga aholini ro'yxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirildi.