27/04/2022

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida joylashgan 2- maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachilari hamda 4-sonli umumiy o‘rta ta`lim maktabi o‘qituvchilariga Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi xodimlari tomonidan “Aholini ro'yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish” bo‘yicha seminar tashkil qilindi. Aholini ro'yxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirildi.