26/04/2022

“Kitobxonlik haftaligi-2022” doirasida Alisher Navoiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir shoir Hazrat Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “So‘z mulkining sultoni” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Viloyat statistika boshqarmasi tizim xodimlari ham ishtirok etib, millatimizning buyuk allomasi, she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, mutafakkir shoir-Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hayoti, uning o‘lmas ijodiy asarlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, viloyat musiqa va drama teatri aktyorlari tomonidan tomonidan "Navoiy va Guli” spektaklidan parcha ijro qilishdi. Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar dunyo va o‘zbek adabiyotining yangi nashrdan chiqqan kitoblari taqdimoti va rassomchilik ko‘rgazmalari namunalaridan baxramand bo‘lishdi.