20/04/2022

2022-yilning  15-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida tizim xodimlari o‘rtasida ma'naviy va ma'rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo'yicha yaratilgan "Yo'l xaritasi" ga asosan "Milliy qadriyatlar - yot g'oyalarga qarshi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i B.Batirov kirish so‘zi bilan ochib, milliy qadriyatlarni yoshlarga o‘rgatish bugun har qachongidan-da muhim ekanini, “Tarixiy sinovlarga bardosh berib, xalqning milliy manfaatlarini o‘zida to‘liq mujassam etgan, zamonaviy taraqqiyotning talablariga javob bera oladigan, asrlar o‘tgani sari qadr-qimmati ortib boradigan g‘oyalar jamlanmasiga milliy qadriyatlar deyiladi” – deya ta’kidlab o'tdi.

Davra suhbati davomida boshqarmaning Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘I Sh.O‘razaliyev milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash-milliy tiklanishimizga zamin yaratishi shubhasizligini, ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan qadriyatlarni bizdan keyingi odamlarga ham yetkazishimiz kerakligini, bu borada muqaddas islom dinimizning zalvori balandligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, tadbirda Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot–tahliliy ishlari bo‘limi boshliq o‘rinbosari A.Mamatqobilov, Shirin shahar statistika bo‘limi boshlig‘i A.Berdinazarovlar ham so‘zga chiqib, milliy qadriyatlarimiz haqida batafsil tushuncha berdilar.