O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–46-son Farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Ushbu Farmon ijrosini ta‘minlash, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga faol hissa qo‘shish maqsadida, joriy yilning 16-aprel kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan 7-umumiy o‘rta ta`lim maktabda obodonlashtirish ishlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu obodonlashtirish ishlari, Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov tashabbusi bilan, sinfdoshlari Nazaraliyev Doniyor, Xidirov Faxriddin,Tuyunov Baxodirlar ishtirokida, Sirdaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i O.Donaboyev bilan birgalikda, “Yashil makon” umummilliy loyihasida qatnashib, maktab ko‘rkamligiga hissa qo‘shdilar.
Obodonlashtirish ishlari doirasida, o`zlari o`qigan maktab hovlisi va atroflariga 150 ga yaqin turli xil mevali va manzarali daraxtlar, 50 ga yaqin gul ko`chatlari ekib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.