O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning uchinchisi - Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Ushbu 5 ta muhim tashabbusning uchinchi tashabbusi doirasida, joriy yilning 16-aprel kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan 5-umumiy o'rta ta`lim maktabida tadbir bo'lib o`tdi.
Ushbu tadbirda Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi boshlig'i B.Batirov, Sirdaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig'i O.Donaboyev ishtirok etdi.
Tadbir davomida, Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi boshlig'i B.Batirov tomonidan, 5 ta muhim tashabbusning uchinchi tashabbusi doirasida, o‘quvchilarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini yanada oshirish, kompyuter savodxonligi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish maqsadida, ushbu maktab o'quvchilari uchun, boshqarmadan bo‘shagan, foydalanishga yaroqli, jami 9 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari ajratildi.
Maktab o'quvchilari mazkur kompyuter jamlanmalarini ko'tarinki ruhda, xursandchilik bilan qabul qilib oldilar. Maktab rahbariyati sovg'a qilingan kompyuter jamlanmalari uchun B.Batirovga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.