Joriy yilning 8 aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida tizim xodimlari o‘rtasida, “Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasi mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini Viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. B.Batirov o‘z so‘zida, “Yangi O‘zbekiston” tarixi sahifalarida so‘nggi to‘rt-besh yilning sarhisobi qilinganda hech ikkilanmay aytish lozim, juda katta islohotlar amalga oshirildi. Muhtaram Prezidentimizning aniq va uzoqni ko‘zlab olib borayotgan tashabbuslari nafaqat xalqimiz tomonidan, balki jahonning kuchli siyosatchilari, iqtisodchilari tomonidan yuksak baholandi. E'tiborli tomoni shundaki, yaqinda xalqimizning qizg‘in muhokamasidan o‘tib, yurtimizning ertangi taqdiri hamda taraqqiyot yo‘lini belgilab beradigan Taraqqiyot strategiyasi – bu xalqimizning manfaatlari, orzu-intilishlarini o‘zida mujassamlashtirgan katta rivojlanish nuqtasi desak xato bo‘lmaydi. Bunda xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
“Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “ yo‘l xaritasi” belgilab olinganligini yig‘ilganlarga aytib o‘tdi. Davra suhbati davomida, Viloyat Statistika boshqarmasi tomonidan mazkur tashabbuslarni chuqur o‘rganish, belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni sifatli ta'minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur'atlarini zamon talablari darajasida bo‘lishidek vazifalar belgilab olindi.