“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan,joriy yilning 8-aprel kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan, Sirdaryo viloyati Guliston shahar Obod yurt MFY, Boyovut tumani Beruniy MFY,SHirin shahar Amir Temur MFY,Yangiyer shahar fazilat MFY larning sxematik xaritalarini o`rganish ishlari olib borildi.