16/03/2022

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-16 mart kunlari Guliston shahridagi «Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi»da «Made in Uzbekistan» xalqaro sanoat kooperatsiyasi yarmarkasi o’tkazilmoqda

Ayni vaqtda mazkur yarmarkada juda qizg’in shartnomalar imzolanishi kutilmokda.

YArmarkada 685 ta tarmoq va hududiy korxonalar, shuningdek, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Koreya, Xitoy va Turkiya davlatlarining O’zbekistondagi elchilari hamda 100 dan ortiq investorlar ishtirok etmoqda.

LED monitorlarda Sirdaryo viloyat statistika boshkarmasi tomonidan tayyorlangan roliklar orqali barcha mehmonlarga axborot berilmoqda.