Joriy yilning 5- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi ishchi guruhi Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, bozorlardagi narx-navoni o‘rganib, narx kuzatuvlari bilan yaqindan tanishdi.
Qo‘mita raisi Guliston shahridagi markaziy dehqon bozorida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini kuzatib, dehqon bozoridagi sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi xodimlariga hududiy markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari hamda oylik narx kuzatuvlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirishda planshetlardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
Bu esa inflyatsiya darajasi ko‘rsatkichlarining obyektiv va shaffofligining yanada ta'minlanishiga xizmat qiladi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi matbuot xizmati