22/02/2022

Joriy yilning 22-fevral kuni Sirdaryo Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11 noyabrdagi №710 Qarori ijrosi va “Mening boshqarmam jinoyatdan holi hudud” mavzularida boshqarma xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Viloyat Statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig’i Ramazon Abdusamiyev tomonidan 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarliklarning qay darajada ketayotganligi xususida, hamda,Adliya podpolkovnigi, Guliston harbiy prokurori Ravshan Jalilov tomonidan qonun va adolat-ustuvorligi, jinoyatga jazo muqarrarligi to‘g’risida tushunchalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri ham bo‘lib o‘tishi bular Joriy yilning 1—25 noyabr’ kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi. Ushbu hududlarda sinovga tayyorgarlikning dastlabki ishlari olib borilayatganligi. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog’liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag’lar hisobidan amalga oshirilishi to‘g’risida tushunchalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi «Aholini ro‘yxatga olish to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida belgilangan aholining ayrim toifalarini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etadi.

 

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi matbuot xizmati.