01/02/2022

Davra suhbatini Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. B.Batirov kirish so‘zini «Biz yangi O’zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz.Muhtaram Prezidentimiz tabirlari bilan aytganda, Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatdir» .Zero, og‘ir kunlarning hikmatini anglash uchun insoniyatning ma’naviyati yuqori bo‘lishi kerak. B.Batirov mamlakatimiz mafkurasining asosiy g‘oyasiga ta’rif berar ekan: «Biz yaratayotgan Yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan», – deb ta’kidladi.Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir.

Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib o‘zining “ Qutadg‘u bilik ” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o‘rni naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-ma’rifatga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga qaratilgan muhim qadam ifodasidir-deya o‘z so‘zini yakunladi.

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati.