24/01/2022

Joriy davrda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 8708,0 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,4 % ni tashkil etdi. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, joriy davrda asosiy kapitalga  o‘zlashtirilgan investitsiyalarning katta qismi jalb etilgan mablag‘lar hisobiga to‘g‘ri keldi 7115,6 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 81,7 % ni, korхona va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan esa 1592,4 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan  investitsiyalarning 18,3 % ini tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati.