O‘z o‘rnida, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish borasida ham qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma - bosqich ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu esa aholi hamda xorijiy investorlarning o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Sirdaryo viloyatida 2022 yil 1-yanvar holatiga Ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni (birlikda).
Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar : 17108 (104.1 %)
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar : 15920 (106.6 %)
Yangi tashkil etilgan korxonalar : 2407 (79.9 %)
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati.