Yig‘ilishni kirish so‘zi bilan boshqarma boshlig‘i B.Batirov boshlab berdi.Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi. Ta’kidlash kerakki, milliy armiyamizning kuch-qudrati, azm-u shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bag‘rikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir. Bu haqiqatni bugungi kunda har qachongidan ham chuqur his etmoqdamiz. Ishonchim komilki, ana shunday buyuk ma’naviy qudrat manbai bor ekan, el-yurtimizning tinch va osoyishta hayoti, Vatanimiz mustaqilligiga hech qanday yovuz kuch raxna sololmaydi, demokratik islohotlarimiz yo‘lidan hech qachon ortga qaytara olmaydi. Mustaqil O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi yo‘lida, Yangi O‘zbekistonimizda Inson qadrini yanada yuksaltirish yo‘lida xizmat qilishda sizlarga ulkan zafarlar tilayman -deya o‘z so‘zini yakunladi.
Keyingi so‘zni Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi G.Jurayeva davom ettirib, boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan barcha hodimlarni samimiy muborakbot etib, barcha xodimlarni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining esdalik sovg‘alarini topshirishdi.