Tadbirni boshqarma boshlig‘i B.Batirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. B.Batirov o‘z so‘zida: Tugab borayotgan 2021 yilda yurtimiz hayoti qolaversa xalqimiz hayotida ham muhim o‘zgarishlar, ulkan islohotlar amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tdi. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan.
“ Yangi O‘zbekiston-xalqchil va insonparvar davlat “ g‘oyasini amalga oshirishda siz-u bizning ham o‘rnimiz bor albatta. Inson qadri yuksak bo‘lgan Yangi O‘zbekistonimizning porloq kelajagi va istiqboli yo‘lida kirib kelayotgan yangi 2022 yilda ham bor shijoatingizni ishga solgan holda fidokora xizmat qilasiz deb umid qilaman. Kirib kelayotgan Yangi yilda o‘zgarayotgan Sirdaryo viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, xalqimizning farovon hayoti uchun mas’uliyatli mehnat faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi yil barchangizni xonadoningizga fayz-u baraka, xursandchilik, kasbiy faoliyatingizga ulkan zafarlar olib kelsin-deya o‘z so‘zini yakunladi.
Tadbir davomida statistika boshqarmasi va hududiy bo‘limlarda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh hodimlar O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi raisi, Sirdaryo viloyati hokimi va Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.