17/12/2021

Joriy yilning 17-dekabr kuni Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ekstremizm, terrorizm, ommaviy madaniyat, giyoxvandlik kabi ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘`lib o‘tdi. Davra suhbatini Statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov kirish so‘zi  bilan ochib berdi.B.Batirov o‘z so‘zida davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev  tomonidan barcha maruzalarida mamlakatimizda “Jaholatga qarshi – maʼrifat” degan ezgu gʻoyani ilgari surayotganliklarini va bu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va doʻstlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targʻib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri ekanini alohida takidlab kelayotganliklarini yana bir bor yig‘ilganlarga aytib o‘tdi.B.Batirov hozirgi kunda dunyo mamlakatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm, terrorizm, ommaviy madaniyat, giyoxvandlik,loqaydlik va mahalliychilik kabi illatlar oldini olish borasida mamlakatimizda tizimli ishlar olib borilayotganligi takidlab o‘tdi.Ushbu illatlarga qarshi kurashishda barcha o‘zbekiston fuqarolari jumladan viloyatimizdagi barcha tashkilot rahbar va hodimlari birdek mas’ul ekanliklarini yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tdi.