13/12/2021

Joriy yilning  10- dekabr kuni Statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilingan kun munosabati va  “Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusida ma’naviyat soati bolib otdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i B.Batirov   kirish soʻzi bilan ochib, barcha xodimlarni bugungi bayram bilan muborakbod etdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiga yuksak  ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi xar bir fuqarosining vatanparvarlik burchi ekanligi bilan birga milliy qadriyatlarni yoshlarga oʻrgatish bugun har qachongidan-da muhim ekanini taʼkidladi. Milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash-milliy tiklanishimizga zamin yaratishi shubhasizligini, ota-bobolarimizdan bizga meros boʻlib qolgan qadriyatlarni bizdan keyingi odamlarga ham yetkazishimiz kerakligini, bu borada muqaddas islom dinimizning zalvori balandligi xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Millatni milliy qadriyatlaridan mavhum qilish tarix, insoniyat oldidagi eng katta jinoyatdir.

Har bir ruhan soglom kishida o‘z qadr-qimmatini saqlash, o‘z-o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi mavjud. Millatlarning o‘z-o‘zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy mafkuralar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlashib boradi. Milliy qadriyatlarning e’zozlanishi va kuchayib borishi zinhor, milliy mahdidlikka, milliy xudbinlikka olib kelmasligi kerakligini,shuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof diyonat, bagrikenglik saxovat talab etadi-deya o‘z so‘zini yakunladi.

Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi Axborot xizmati