13/12/2021

''2023 yilda Aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va ijtimoiy, iqtisodiy, sanoat statistikasi''mavzusida Toshkent kimyo-texnologiya Instituti Yangiyer filialida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Statistika boshqarmasining malakali xodimlari tomonidan talabalarga  2023 yilda Aholini ro‘yhatga olish jarayonlari, bosqichlari yuzasidan ma'lumotlar berishdi.

Shu bilan birgalikda sanoat, ishlab chiqarish sohasi statistikasi to‘g‘risida ma'lumotlar berishdi. Davra suhbati davomi talabalar va professor o‘qituvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar javob olishdi.

Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi Axborot xizmati